SAIDBEKOV AMIRALI

 gvardiya katta leytenanti, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (29.07.1945)

1920-yil 15-mayda Farg‘ona viloyati, hozirgi Rishton tuman, Tapimazar qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. Tojik. Pedagogika texnikumni bitirgan, Farg‘ona viloyati So‘x tumani o‘rta maktab o‘quv bo‘limi mudiri bo‘lib ishlagan.
1939-yilda Qizil Armiya safiga chaqirilgan. 1939-1940-yillarda Sovet-Fin urushida va 1941-yilning iyun oyidan boshlab Ikkinchi jahon urushida qatnashgan. Kichik leytenantlar kursini tugatgan. 144-dengiz piyodalari batalyoni tarkibida (83-dengiz piyodalari brigadasi) qatnashgan. 1945-yilning boshida 325-gvardiya o‘qchilar polkida (129-gvardiya o‘qchilar diviziyasi) rota komandiri bo‘lgan.
Chexoslovakiya va Polshani ozod qilish uchun olib borilgan janglarda jonbozlik ko‘rsatgan. 1944-yilning 23-dekabrida Chexoslovakiya hududidagi janglarda Saidbekov birinchilardan bo‘lib hujumni uyushtiradi va platsdarmni mohirona kengaytirib, dushman himoyasiga kirib boradi. Rota qishloqqa yorib kiradi va dushman guruhini yo‘q qiladi. Jangda 50dan ortiq fashistlarni yo‘q qiladi va 4tasini asirga oladi. Shuningdek, qo‘lga kiritilgan o‘lja orasida 5ta top, 25ta avtomat va vintovkalar bo‘lgan.
Keyingi qishloqqa to‘satdan qilingan hujum natijasida Saidbekovning rotasi 5ta pulemyot, 2 ta tankka qarshi top va 25ta dushman askarni qo‘lga kiritadi. Jangda rota komandiri yarador bo‘ladi, ammo safda qoladi. Rota komandiri 1945-yil bahorida Polsha hududidagi janglarda jangovar topshiriqlarni samarali bajaradi.
Pruxne temir yo‘l stansiyasida Saidbekovning rotasi dushmanni qurshab olib, ko‘plab asirlarni qo‘lga oladi. 1945-yil 8-aprelda Dombrova (Polsha) Rogov aholi chegara hududlaridagi punktlarni ushlab turadi, dushmanning bir necha hujumlariga qarshi turadi. Jangda halok bo‘ladi. Ribnik shahrida (Polsha) dafn etilgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 29-iyundagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun” gvardiya katta leytenanti Saidbekov Amirali Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan (vafotidan so‘ng).

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"ALEKSANDR NEVSKIY" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"2-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI