RZHEVSKIY PAVEL MAKSIMOVICH

leytenant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (26.10.1943)

1908-yil 21-dekabrda Rudnya-Kamishin (hozirgi-Volgograd viloyatidagi Rudnya) qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatgan. 1928-1930-yillarda Qizil Armiya safida xizmat qilgan. Orskda yashab, mehnat qilgan. 1942-yil takroran Armiya safiga chaqirilgan. 1943-yil mart oyidan Ikkinchi jahon urushida qatnashgan. Voronej, Dasht va 2-Ukraina frontidagi janglarda qatnashgan.

Dneprdagi jangda jonbozlik ko‘rsatgan. 1943-yil 25-26-sentabrga o‘tar kechasi Ukraina SSRning, Dnepropetrovsk viloyati, Yuqoridneprov tumani, Borodayevka qishlog‘i yaqinida Dnepr daryosi orqali Glinsk Borodayev oroliga kechib o‘tadi.

Orol uchun olib borilgan janglarda shaxsan o‘zi o‘q otish nuqtasini 2 ta pulemyot hisobi bilan yoq qiladi, shuningdek, ko‘plab dushman askar va ofitserlarini qirib tashlaydi. Keyin, razvedka guruhi tarkibida, nemis qo‘shinlari joylashgan joyga bostirib kirib, dushmanning sovet qo‘shinlariga hujum qilish rejasini muvaffaqiyatli barbod qiladi. G‘arbiy qirg‘oqdagi platsdarmdagi janglarda fashistlarning 12 ta qarshi hujumlarini qaytarishda ishtirok etadi.

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 26-oktabrdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, leytenant Rjevskiy, Pavel Maksimovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

Leytenant unvonida zaxiraga bo‘shatiladi. Toshkentda yashab, mehnat qilgan. 1974-yil 3-iyulda vafot etgan va Toshkentdagi Harbiy qabristonining qahramonlar xiyoboniga dafn etilgan.

 

 

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI