RAXIMOV AZIM
gvardiya serjanti, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi qahramoni (27.02.1945)


1925-yil 27-fevralda, Buxoro shahrida ishchilar oilasida tug‘ilgan. Tojik. Malumoti o’rta. Harbiy xizmatdan oldin, u zavodda ishlagan.
1943-yildan Qizil Armiyada. 1944-yildan Ikkinchi jahon urushi janglarida qatnashgan. 1-Belorusiya fronti 69-armiya 77-gvardiya o‘qchilar diviziyasi 221-gvardiya o‘qchilar polkida vzvod komandirining yordamchisi, gvardiya serjanti A.Raximov 1945-yil 14-15-yanvar kunlari Polshaning Zvolen shahri uchun bo‘lgan janglarda jonbozlik ko‘satadi. Dushman pozitsiyalariga yorib kirib, granata bilan bir nechta o’q otish nuqtasini yo‘q qiladi va 5ta dushman askarini asirga oladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yilda 13 sentyabrdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”  gvardiya serjanti Raximov Azim Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Buxoroda yashab, mehnat qilgan. 1997-yil 17-mayda vafot etdi.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"MEHNAT QIZIL BAYROG'I" ORDENI

"1,2,3-DARAJALI SHON-SHARAF" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI