QURBONOV AHMADJON

 gvardiya mayori, Ikkinchi Jahon urush qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (24.03.1945)

1921-yil 10-oktabrda Sherqo‘rg‘on qishlog‘ida (hozirgi Samarqand viloyati Jambayskiy tumani) dehqon oilasida tug‘ilgan. O‘zbek. O‘qituvchilar malakasini oshirish bilim yurtining 3 kursini tugatgan, o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. 1938-yilda Yaroslavl shahriga borib, shinalar zavodida ishlagan.
1940-yil oktabr oyida Yaroslavl shahrining Kirov tuman harbiy komissarligidan Qizil Armiya safiga chaqirilib va Tambov “Qizil Bayroq” piyoda bilim yurtiga yuboriladi. Kursantligida Ikkinchi Jahon urushi boshlanadi. 1941-yil kuzida o‘qishni tugatadi, lekin frontga yuborilmaydi. Qobiliyatli va g‘ayratli ofitser sifatida “Visrtel” oliy ofitserlik kurslariga yuborilgan.
1943-yil boshida, 44-gvardiya o‘qchi diviziyasi 128-gvardiya o‘qchi polkining o‘qchi batalonining komandiri sifatida 1-Belorussiya frontiga yuboriladi va fevral oyida fashistlar bilan bo‘lgan janglarda yaralanadi, lekin tez orada safga qaytadi.
1944-yil iyun oyida bo‘lib o‘tgan janglarda fashistlarning mudofaasini Bobruisk yo‘nalishi yorib o‘tishda jonbozlik ko‘rsatadi. Gvardiya mayor Qurbonov ishonib topshirilgan hududda dushmanning mudofaasini muvaffaqiyatli yorib o‘tadi. Guxlino qishlog‘ining shimolida fashistlar pozitsiyalariga chuqur kirib borgan batalyon, dushman bilan tinimsiz janglarni olib borib, 3 kunda 45 kilometr yol bosadi va Narev daryosiga chiqib boradi. Qiyin vaziyatda fashistlarning e’tiborini chalg‘itish uchun batalyon komandiri taktik hiyla ishlatdi: ahamiyatsiz joyda batalyon kechuvni amalga oshiradi, lekin o‘zi Korolevtin qishlog‘ida (Polsha shahridan shimoldan 10 km shimolda) batalyonning asosiy kuchlari bilan daryoni kechib o‘tadi. Komandirning hisob-kitobi o‘zini oqlaydi. Narev daryosining o‘ng qirg‘og‘idagi platsdarm kam yo‘qotishlar bilan qo‘lga olinadi.
Muvaffaqiyatni rivojlantirib, Qurbanov batalyonining jangchilari fashistlarning qirg‘oq istehkomlarini egallab oladi va butun polkning tezlik bilan daryoni kechib o‘tishini ta’minlaydi. Batalyon fashistlar mudofaasining ichkarisiga kirib borib dushman transheyalariga shiddatli zarba beradi, qo‘l jangida dushmanni yengib, 91,3 balandlikni egallaydi va Sivesheno qishlog‘ining shimoli-sharqidagi yo‘lni kesib qo‘yadi.
Fashistlar tanklar va zirhli texnikalar yordamida bir nechta qarshi hujumlarni amalga oshiradi, ammo barchasi qaytariladi. Qaytarilgan hujumlardan faqat bittasini o‘zida, tepaliklar ichida, sovet jangchilari yakson qilingan 6 ta fashist tankini, 4 ta zirhli transport vositasini, 12 ta pulemyot nuqtasini, 185 ta askar va ofitserlarining jasadlarini sanashgan. O‘lja sifatida 1 ta soz tankni qo‘lga kiritiladi, 13 ta fashist asirga olinadi.
Batalyonni mohirlik boshqarib dushman mudofaasini yorib kirishda, Narev daryosini kechib o‘shda va platsdarmni egallab olishda ko‘rsatgan qahramonliklari uchun mayor Qurbonov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga tavsiya etiladi.
Jangda 1945-yil 6-fevralda Polsha hududida batalon komandiri Qurbonov halok bo‘ladi. Kuyavian-Pomeraniya viloyatining Grudziadz okrugi Shinix qishlog‘idagi birodarlar qabrga dafn etilgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 24-martdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, gvardiya mayori Qurbonov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlanadi (o‘limidan so‘ng).

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"1,2,3-DARAJALI SUVOROV" ORDENI

"1,2,3-DARAJALI KUTUZOV" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI