QODIROV OCHIL

oddiy askar, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (24.03.1945)

1910-yilda Samarqand viloyati, zamonaviy Qo‘shrabot tumanida tug‘ilgan. Boshlang‘ich maktabni tugatib, kolxozda ishlagan. 1941-yilda Qizil Armiya safida xizmatga chaqirilgan.
Ikkinchi jahon urushida 1348-piyodalar polkida (1-Belorussiya frontining 48-armiyasi, 42-o‘qchilar korpusi, 399-o‘qchilar diviziyasi) pulemyotchi bo‘lgan. Polshani ozod qilishda jonbozlik ko‘rsatgan. 1944-yil 3-sentabrida tank desantchilari tarkibida, pulemyot olovi bilan o‘qchilar rotasi hujumini qo‘llab-quvvatlagan.
Polshaning Rujan shahrining janubidagi Drozdovo qishlog‘i hududiga Narev daryosidan g‘arbiy sohilga kechib o‘tishda pulemyot olovi bilan asosiy kuchlarni daryoni kechib o‘tishda dushmandan pana qilib turgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 24-martdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning  jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, oddiy askar Qodirov Ochil Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1945-yil 13-martda vafot etgan, Qo‘shrabot tumanining Sebiston qishlog‘ida dafn etilgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI

"JASORATI UCHUN" MEDALI