POZNYAK VIKTOR GENRIXOVICH

general-mayor, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi qahramoni (06.04.1945)

1901-yil 26-aprelda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Litvalik. 1919-yil mart oyida Qizil Armiya safiga chaqirilgan bo‘lib, Samarqand qal’asining Qizil Armiya askari, 3-alohida Turkiston otliqlar brigadasi 12-otliq polkining eskadroni starshinasi va 3-Turkiston otliq diviziyasi, 2-Turkiston otliq diviziyasi 4-Qirg‘iz otliq polkida vzvod va eskadron komandiri bo‘lgan. Turkiston frontidagi janglarda qatnashgan.
1921-yil yanvar oyida Poznyak Petrograddagi Oliy otliqlar maktabiga o‘qishga yuboriladi, sentyabr oyida 40-son otliqlar polkida eskadron komandiri lavozimiga tayinlandi, so‘ngra 7-Samarqand otliq diviziyasi tarkibidagi 39-otliq polkida eskadron komandiri lavozimiga tayinlanadi.
1923-yil avgustda M.V. Frunze nomidagi Harbiy akademiyaga o‘qishga yuboriladi, 1926-yil iyul oyida 1-otliq polki shtab boshlig‘i lavozimiga tayinlanadi.
1928-yilda alohida o‘zbek otliq polkining shtab boshlig‘i lavozimiga, 1929-yilda tojik tog‘ o‘qchi alohida batal’onining komandiri lavozimiga tayinlangan.
1927-1931 yillarda Tojikistonda bosmachilarga qarshi janglarda qatnashgan.
1938-yil iyulda hibsga olinadi, biroq, 1939-yil may oyida ozod etilib, M.V. Frunze nomidagi harbiy akademiyada taktika o‘qituvchisi lavozimiga, 1941-yil aprel oyida akademiya kursi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga tayinlanadi.
1941-yil oktabr oyida Toropets shahrini ozod qilishdagi Toropetsk-Xolm hujum operatsiyasida qatnashgan 39-o‘qchi brigadasi komandiri etib tayinlanadi.
1942-yil fevralda Velij va Demidov shaharlarida dushmanga qarshi jang olib borayotgan 360-o‘qchi diviziyasi komandiri etib tayinlanadi.
1943-yil fevralda Lososno va Ritoye ko‘llari bo‘yida mudofaa operatsiyalarini olib borgan, 43-Armiya shtab boshlig‘i lavozimiga tayinlanadi va keyinchalik Smolensk hujum operatsiyasida qatnashadi.
1943-yil sentabrda Duxovshinsk-Demidov hujumida, shuningdek, Duxovshina va Rudnya shaharlarini ozod qilishda qatnashgan, 5-gvardiya o‘qchi korpusining komandiri etib tayinlanadi. 1944-yil yanvarda korpus 2-Belorussiya fronti zaxirasiga kiritiladi.
1944-yil fevral oyiga qadar Arxangelsk sanatoriyasida davolanadi, so‘ngra Oliy qo‘mondonlik shtabining zaxirasiga o‘tkaziladi.
1944-yil mart oyida 77-o‘qchi korpusining komandiri general-mayor Viktor Poznyak Lyublin-Brest va Vislo-Oder hujum operatsiyalarida ishtirok etgan. Yablonna-Legiyonov shahri hududida dushmanning mudofaasini yorib kirishni tashkillashtiradi, Visla daryosini kechib o‘tadi, Varshavani ozod qilishda, hamda Sharqiy-Pomeraniya va Berlindagi hujum operatsiyalarida, Sohachev, Potsdam va Brandenburg shaharlarini ozod qilishda qatnashadi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 6-apreldagi Farmoni bilan “Fashist bosqinchilariga qarshi kurashish mobaynida qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, general-mayor Viktor Genrixovich Poznyak Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1945-yil iyul oyida 29-gvardiya o‘qchi korpusining qo‘mondoni, 1946-yil fevralda Germaniyada Sovet qo‘shinlarining tarkibidagi 8-gvardiya armiyasi qo‘mondoni o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.
1983-yil 12-avgustda Moskvada vafot etgan. Kunsevskiy qabristoniga dafn etilgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"1-DARAJALI SUVOROV" ORDENI

"1-DARAJALI KUTUZOV" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"1-DARAJALI BOGDAN XMELNITSKIY " ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI

"MOSKVA MUDOFAASI UCHUN" MEDALI

"1941-1945 YILLARDAGI ULUG' VATAN URUSHIDA GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G'ALABA UCHUN" MEDALI

"1941-1945 YILLARDAGI ULUG' VATAN URUSHINING G‘ALABASINING 20 YILLIGI" MEDALI

"1941-1945 YILLARDAGI ULUG' VATAN URUSHINING G‘ALABASINING 30 YILLIGI" MEDALI

«BERLINNI ZABT ETGANLIGI UCHUN» MEDALI

«VARSHAVANI OZOD QILGANLIGI UCHUN» MEDALI

"SSSR QUROLLI KUCHLARI VETERANI" MEDALI​

«SSSR QUROLLI KUCHLARINING 40 YILIGI» YUBILEY MEDALI

«SSSR QUROLLI KUCHLARINING 50 YILIGI» YUBILEY MEDALI

«SSSR QUROLLI KUCHLARINING 60 YILIGI» YUBILEY MEDALI