POLEJAYKIN SERGEY IVANOVICH
gvardiya katta leytenanti, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (24.03.1945)
1920-yil 14-sentabrda Stariy Turdaki qishlog‘ida (hozirgi Mordoviyaning Kochkurovskiy tumani) tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatgandan so‘ng, O‘zbekiston SSRning Andijon viloyatida yashab, mehnat qilgan. 1940-yilda Andijon viloyati Izboskan tumani harbiy komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga xizmatga chaqirilgan. 1943-yilda Ryazan harbiy avtomobil bilim yurtini tamomlagan. O‘sha yil may oyidan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi.
1944-yil oktyabr oyida 1-Boltiq bo‘yi fronti 5-gvardiya tankchilar armiyasi 1- alohida gvardiya mototsiklchilar polkining razvedkachi ofitseri bo‘lgan. Litva SSR hududidagi janglarda qatnashgan. 1944-yil 10-oktabrda razvedka guruhini boshqargan holda, Memel hududidagi Dange daryosidan kechib o‘tib, Kretinga va Memel shaharlari o‘rtasidagi magistral va temir yo‘lni kesib o‘tib, dushmanning front ortiga kirib boradi. Pozitsiyani qo‘ldan boy bermaslik uchun bo‘lgan janglarda halok bo‘ladi. Kretinga dafn qilindi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 24-martdagi Farmoni bilan “Fashist bosqinchilariga qarshi kurashish mobaynida qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, gvardiya katta leytenanti Sergey Ivanovich Polejaykin vafotidan so‘ng Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.