PINCHUK TIMOFEY ZINOVYEVICH

gvardiya podpolkovnigi, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (15.05.1946)

1919-yil 21-fevralda Kopti qishlog‘ida (hozirgi Ukrainaning Chernigov viloyati Kozelets tumani) tug‘ilgan. Farmatsevtika institutining uchinchi bosqichini tamomlagan. Urushdan oldin Toshkentda yashagan. 1939-yilda Qizil Armiya safiga xizmatga chaqirilgan. Harbiy avtomobillar bilim yurtini tamomlagan. 1941-yildan Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi.
1945-yil martgacha (2-Ukraina fronti 6-gvardiya tankchilar armiyasi 2-gvardiya mexanizatsiyalashgan korpusi 4-gvardiya mexanizatsiyalashgan brigadasi) 23-gvardiya tankchilar polki komandirning o‘rinbosari bo‘lgan. Vengriya va Chexoslovakiyani ozod qilishda jonbozlik ko‘rsatgan. 1945-yil 19-martda Pinchuk birinchilar qatorida Vengriyaning Tata shahriga kirib, uning ozod qilinishi uchun janglarda faol ishtirok etadi. 1945-yil 25-aprelda Brno shahri yaqinidagi jangda vafot etgan. Chexiyaning Klobuka qishlog‘ida joylashgan maydonga dafn qilingan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1946 yil 15 maydagi Farmoniga binoan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini na’munali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, gvardiya podpolkovnigi Timofey Zinovyevich Pinchuk vafotidan so‘ng Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"2-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

«STALINGRAD MUDOFAASI UCHUN» MEDALI