PESHAKOV ALEKSANDR STEPANOVICH

polkovnik, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (06.29.1945)

1910-yil 19-avgustda Krasnodar o‘lkasining Armavir shahrida tug‘ilgan. 1927-yildan Qizil Armiya safida. Ikkinchi jahon urushida 66-gvardiya zenit-artilleriya polki (1-Belorussiya fronti, 2-gvardiya tank armiyasi, 9-gvardiya tankchilar korpusi)komandiri bo‘lgan.
Vislo-Oder va Berlin operatsiyasida jonbozlik ko‘rsatgan. Polk Visla va Oderni daryolarini muvaffaqiyatli kechib o‘tishda 9-gvardiya tankchilar korpusini dushman havo xujumidan ishonchli himoya qiladi. Berlin ostonalarida polkning dushmanga o‘t ochishini mohirona boshqargan. Shu janglarda gvardiyachi zenitchilar dushmanning 150 dan ortiq samolyotini yakson qilgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 31-maydagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, polkovnik Peshakov Aleksandr Stepanovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1948-yilda zahiraga bo‘shatilgan. Toshkent viloyatining Bekobod shahrida yashab, mehnat qilgan. 1969-yil 19-iyunda vafot etgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI