PAVLOV KONSTANTIN MATVEYEVICH

gvardiya katta serjanti, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (23.09.1944)

1920-yil 15-iyulda (Ukrainaning Donetsk viloyati) Larino qishlog‘ida ishchi oilasida tug‘ilgan. Rus. O‘rta maktabning 9-sinfini tugatgan. Lvov shahridagi temir yo‘l bekatida dispetcher bo‘lib ishlagan.
Qizil Armiya safiga 1942-yil avgust oyida, takroran 1942-yil noyabr oyida Qo‘qon shahar harbiy komissarligi tomonidan chaqirilgan.
(1-Ukraina frontining 5-gvardiya armiyasi 95-gvardiya o‘qchi diviziyasi) 233-gvardiya artilleriya polki to‘p komandiri bo‘lgan.
233-gvardiya artilleriya polki to‘p komandiri gvardiya katta serjanti Konstantin Pavlov Sandomir platsdarmini egallash uchun bo‘lgan jangda jonbozlik ko‘rsatgan. 1944-yilning 12-13 avgustida Pavlovning to‘p hisobi dushmanning ko‘plab qarshi hujumlarini qaytarishda qatnashib, fashistlarning ikkita tanki, zirhli transport vositasi va ko‘plab askarlarini yakson qilgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 23-sentabrdagi Farmoni bilan “Fashist bosqinchilariga qarshi kurashish mobaynida qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, gvardiya katta serjanti Konstantin Matveyevich Pavlov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Urushdan so‘ng qurolli kuchlar safida xizmatini davom ettirib, 1957-yilda mayor Pavlov zahiraga bo‘shatilgan. Minsk shahrida yashagan. 2000-yil 5-oktabrda vafot etgan. Minskdagi “Sharqiy” qabristoniga dafn etilgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI

«STALINGRAD MUDOFAASI UCHUN» MEDALI