NURPEYSOV PLIS KOLGELDIYEVICH

gvardiya katta leytenanti, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni(18.08.1945)

 

1919 yil hozirgi Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumanidagi Taxtako‘pir qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. Qozoq. U o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. 1939 yilda Taxtakupir harbiy komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirildi. Melitopol harbiy aviatsiya bilim yurtini tamomlagan.
Polkda jangovar harakatlar davomida 1944-yil 10-martdan 1945-yil 1-aprelgacha ekipaj a‘zolari bilan, dushman qo‘shinlarining kirib-chiqish yo‘llari ularning zaxiralari hamda temir yo‘ldagi holatlarini razvedka qilish uchun aerodromlar va uning faoliyatidagi aviatsiyaga tayanadigan tugunlar, stansiyalar va peregonlar, mudofaa chiziqlari va dushman tuzilmalarini o‘rganish uchun 106 marta jangovar parvozni amalga oshirdi, ulardan 100 ta jangovar parvozni a’lo darajada, 10 ta jangovar parvozni Berlin shahrini, harbiy ob‘ektlar va aeroportlarni razvedka qilish uchun amalga oshirdi.
O‘rtoq Nurpeysov qisqa vaqt davomida yosh kuzatuvchi uchuvchidan jangovor havo razvedkachisi bo‘lib yetishgan va jasur, qat’iyatli hamda polkdagi mohir uchuvchi-kuzatuvchilardan biri bo‘lib, har qanday meteorologik sharoitda ham bulutlarda ham, bulutlar ostida ham samolyot navigatsiyasi texnikasini mukammal o‘zlashtirgan. Pe-2 va Tu-2 samolyotlarida va jangovar vazifalarni bajarish chog‘ida u maqsadni topishda o‘zining shaxsiy oqilona tashabbusini, dushman haqida qimmatli ma’lumot olishda jasurligini va dushman haqida qimmatli ma’lumotlarni aniqlay olishi bilan ajralib turgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 18-avgustdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, katta leytenant Nurpeysov Plis Kolgeldiyevich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan. 
1945-yil 23-aprelda katta leytenant Plis Nurpeysov jangovar topshiriqdan qaytmadi.
Nukus shahridagi universitet binosiga memorial plita o‘rnatilgan. Qahramonning ismi Taxtako‘pir tumanidagi maktabga berilgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI