NOVIKOV VASILIY KORNEYEVICH
podpolkovnik, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (03.24.1945)

1907-yil 28-avgustda Tver viloyati, Penovskiy tumani, Naumovo qishlog‘ida tug‘ilgan. Maktabning 7-sinfini tugatgandan so‘ng, Qozog‘iston SSRning Semipalatinsk viloyatida yashagan, tosh yo‘nuvchi bo‘lib ishlagan. 1929-yildan Qizil Armiya safida. 1933-yilda artilleriya bilim yurtini tugatgan.1941-yil iyuldan – Ikkinchi Jahon urushida qatnashgan. Jangda qattiq yaralangan.
1944-yil fevralga qadar 2-Ukraina frontining 4-gvardiya armiyasi 438-tankga qarshi artilleriya polkining komandiri bo‘lgan. Korsun-Shevchenkovskiy operatsiyasida jonbozlik ko‘rsatgan.
1944-yil 17-fevralda, Ukraina SSRning Cherkasi viloyatining Lisyanskiy tumanidagi Jurjinsi qishlog‘i yaqinida, 239,0 – balandlikda, polk qurshovdan chiqishga harakat qilayotgan nemis bo‘linmalarining bir qancha qarshi hujumlarini to‘xtatadi. Jangning keskin daqiqasida polkni hujumga ko‘tarib, dushmanni chekinishga majbur qilagan. O‘sha jangda og‘ir yaralangan, ammo jangni davom ettiragan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 24-martdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, podpolkovnik Vasiliy Korneyevich Novikov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1955-yilda polkovnik unvonida zaxiraga bo‘shatilgan. Toshkentda yashagan.
1981-yil 20-yanvarda vafot etgan va Toshkent harbiy qabristonining qahramonlar xiyoboniga dafn qilingan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"ALEKSANDR NEVSKIY" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI