NIKIFOROV KONSTANTIN STEPANOVICH

podpolkovnik, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (29.06.1945)

1916-yil 3-iyulda Krasnoyarskda tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetining 3 kursini tamomlagan. 1939-yilda Nikiforov Toshkent harbiy komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga xizmatga chaqirilgan. 1940-yilda Kiyev harbiy aviatsiya uchuvchilar maktabini bitirgan. Ikkinchi jahon urushi janglarida qatnashgan.
1945-yil apreligacha katta leytenant Konstantin Nikiforov Ukraina 4-fronti 8-aviatsiya armiyasi 8-hujum aviatsiya korpusi 227-aviatsiya diviziyasi 208-hujumchi aviatsiya polki komandirining o‘rinbosari bo‘lgan.
Dushmanning harbiy texnikalari va tirik kuchlarini yakson qilish maqsadida 100dan ortiq jangovar parvozlarni amalga oshiradi (bu xizmatlari uchun Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga taqdim etilgan edi), natijada: 19ta tank, askarlar va yuklari bilan 53ta yuk mashinalarini, 11ta zirhli transport vositasi, 7ta samolyot, 14ta minomyot, 17ta zenit-arteleriya nuqtalarini, 12ta temiryo‘l va gonlari va 450gacha dushman askarlari va ofitserlarini yo‘q qilgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 29-iyundagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun” katta leytenant Konstantin Nikiforov Sovet Ittifoqi Qahramoni bilan taqdirlangan.
Nikolayevda yashagan va ishlagan. 1987-yil 13-noyabrda vafot etgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"ALEKSANDR NEVSKIY" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"JASORATI UCHUN" MEDALI