NABIEV VALI NABIYEVICH
gvardiya serjanti Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi Sovet Ittifoqi Qahramoni (25.08.1944)
1916-yil 18-yanvarda Nagzakaron qishlog‘ida (hozirgi Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani) dehqon oilasida tug‘ilgan. O‘zbek. 7-sinfni tugatgan, qishloq xo‘jaligida ishlagan.
1936-1938-yillarda Qizil Armiyada.
Ikkinchi Jahon urushida 1943 yil yanvar oyidan. Urushda 60-gvardiya otliq polk komandirining yordamchisi, gvardiya serjanti Vali Nabiev 1943-yil 18-sentabrda Ukraina Chernixiv viloyatining Menskiy tumanidagi shahar tipidagi Berezna qishlog‘ida dushmanning mudofaasini razvedka qiladi, zaif himoyalangan hududlarni aniqlaydi va bostirib kirib vahima qo‘zg‘atadi, bu qishloqni muvaffaqiyatli ozod qilishga eordam beradi.
Gvardiya starshinasi Nabievning vzvodi Ukrainaning Chernixiv viloyati Begach, Lopatin qishloqlarini ozod qilishda ishtirok etadi. Jasur взвод komandiri birinchi bo‘lib avtomatchilar guruhi bilan Dnepr daryosidan o‘tib, eskadronning daryodan kechib o‘tishini ta’minladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 15-yanvardagi Farmoni bilan “Nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshirigqlarini namunali bajarganligi va ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, gvardiya starshinasi Nabiev Vali Nabievich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Urushdan so‘ng, zahiraga bo‘shatilgan. Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani markazi – G‘ijduvon shahrida yashagan.
2000-yil 6-martda vafot etgan.