MURZIN IBRAI (IBROHIM) HUSAINOVICH

gvardiya katta serjanti, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (10.04.1945)

1916-yil Qozon viloyati (hozirgi Tatariston Respublikasining Leninogorsk tumani) Staroe Shugurovo qishlog’ida dehqon Murzin Ibrai (Ibrohim) Husainovich oilasida tug‘ilgan. Tatar. Shugurovskiy bitum zavodida, keyin Donetsk viloyatining Kramatorsk shahrida ishlagan.
1941-yildan Sovet Armiya safiga xizmatga chaqirilgan. 1942-yil iyuldan amaldagi armiya safida bo‘lgan.
1945-yil 1-fevralda 158-gvardiya artilleriya polkining (1-Ukraina fronti,5-gvardiya armiyasi, 78-gvardiya o‘qchi diviziyasi,) gvardiya katta serjanti Murzin o‘zining orudiyalarini Prizen yaqinida (Polshaning Bjeg shaxrida shimoli-g‘arbidan 8 km) Oder daryosi orqali birinchi bo‘lib kechib o‘tib, yangi platsdarm uchun jangga kirishadi. Piyodalarning jangovar qo‘shinlari safida, orudiya hisobi bilan aholi yashash punktini ozod qilishda qatnashgan. 3ta pulemyot nuqtasini va son jixatidan rotaga teng dushman askarlarini yo‘q qiladi. 1945-yil 6-fevralda Murzin, batareya tarkibida dushmanni qurshovdan chiqishga bo‘lgan harakatlarini to‘хtatadi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 10-apreldagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda jangovar topshiriqlarni na’munali bajarganligi, ko’rsatgan jasorati va qahramonligi uchun” katta serjant Murzin Ibray Xusainovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1945 yil dekabrda xorijdagi Sovet qo’shinlarining tarkibida bo’lgan vaqtida xalok bo‘lgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI

"STALINGRAD MUDOFAASI UCHUN" MEDALI

"JASORAT UCHUN" MEDALI