MORDVINSEV SERGEI ANISIMOVICH
 leytenant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi qahramoni (24.03.1945)

Sergey Mordvintsev 1900-yil 27-martda Verxnesyejeye qishlog‘ida (hozirgi Samara viloyati, Neftegorskiy tumani) tug‘ilgan. Maktabning to‘rtinchi sinfini bitirgan. 1918-1922-yillarda Qizil Armiya safiga xizmat qilgan. Zahiraga bo‘shatilgach, O‘zbekiston SSRning Samarqand viloyatida yashagan va mehnat qilgan. 1941-yil avgustda Mordvintsev qayta armiyaga chaqirilgan. 1942-yil iyuldan Ikkinchi jahon urushi janglarida qatnashgan. 1944-yilda kichik leytenant kurslarini tugatgan. 1944-yil noyabrga qadar kichik leytenant Sergey Mordvintsev 2-Ukraina fronti 53-armiyasi 6-o‘qchilar diviziyasi 125-o‘qchilar polkining vzvodi komandiri bo‘lgan. Vengriyani ozod qilishda jonbozlik ko‘rsatgan.
1944-yil 7-noyabrda Mordvintsev vzvodi Kish-Kere aholi yashasha punkti hududidagi Tisza daryosidan birinchilardan bo‘lib kechib o‘tib, dushman olovini o‘ziga tortgan holda, platsdarmni egallab olish, uni ushlab turish va kengaytirish janglarida faol qatnashadi. Shuningdek, Tarnasentmikolos stantsiyasi uchun bo’lib o’tgan janglarda Mordvintsev vzvodi jonbozlik ko‘rsatadi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 24-martdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi, ko’rsatgan jasorati va qahramonligi” uchun kichik leytenant Sergey Mordvintsevga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1963-yil 23-aprel sanasida vafot etgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI