MNISHENKO MIXAIL YAKOVLEVICH
polkovnik, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi qahramoni (25.08.1944)
Mixail Mishenko 1898-yil 20-iyunda Belogorodka qishlog‘ida (hozirgi Ukraina, Kiev viloyatining Kiyev-Svyatoshinskiy tumani) tug‘ilgan.
1917-yil fevralda podsho armiyasiga xizmatga chaqirilgan, Birinchi jahon urushida Ruminiya frontidagi janglarda qatnashgan.
1917-yil iyul oyida Mnishenko o‘z xizmat joyini tashlab ketib, Kievga qaytib keladi va u erdagi tashkilotda chilangar bo‘lib ishlagan va shu yilning noyabr oyida Qizil gvardiya safiga qo‘shiladi.
Fuqarolar urushi davrida nemis qo’shinlariga qarshi janglarda qatnashgan. 1918-yil mart oyida Myshenko o‘z ihtiyori bilan Qizil Armiya safiga xizmatga boradi. Generallar Krasnov va Denikin qo‘shinlariga qarshi janglarda qatnashadi.
1921-yil fevralda Myshenko Qizil Armiyaning Vladikavkazdagi qo‘mondonlik kurslarini tugatadi. Sovet-Gruzin urushida va Bosmachi kuchlarini yo‘q qilishda qatnashgan. 1931 va 1933-yillarda otliq bo‘linmalari komandirlari malakasini oshirish kurslarini tugatgan. 1930-yillarda Markaziy Osiyoning turli okruglarida xizmat qilgan. 1942-yil oktabrdan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Voronej, Janubi-g‘arbiy va 1-Ukraina frontlaridagi janglarda qatnashgan. Janglarda uch marotaba yaralangan, ulardan ikkitasini Stalingrad yaqinidagi janglarda olgan. 1943-yil noyabrga qadar gvardiya polkovnigi Mixail Mishenko 1-Ukraina fronti 1-gvardiya kavaleriya korpusi 2-gvardiya kavaleriya diviziyasi 7-gvardiya kavaleriya polkiga komandirlik qilgan. U Kiev va Jitomirni ozod qilishda jonbozlik ko‘rsatgan. 1943-yil 10-noyabrda Mishenko polki Kiev-Jitomir yo‘lini kesib qo‘ygan, natijada dushman g‘arb tomon chekina olmagan. Jitomir uchun olib borilgan janglarda etti kun davomida kuch jihatidan kuchli bo‘lgan nemis qo’shinlariga qarshi jang olib borgan.
Keyinchlik Mishenko 13-gvardiya otliq diviziyasiga qo‘mondonlik qiladi va 1944-yil may oyida 7-gvardiya otliq diviziyasi komandirining o‘rinbosari etib tayinlanadi. Ukraina SSR, Chexoslovakiya va Polshani ozod qilishda qatnashgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 25-avgustdagi Farmoni bilan “Otliq qo’shinlar polkini na’munali boshqargani, hamda jangovar vazifani benuqson bajargani uchun” polkovnik Mixail Mishchenko Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1967-yil 20-aprelda vafot etgan, Kievdagi Lukyanovskiy harbiy qabristoniga dafn etilgan.