MINBAEV NABIJAN
kichik serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi,Sovet Ittifoqi qahramoni (24.03.1945)
Nabidjan Minbaev 1918-yil 12 fevralda Namanganda (hozirgi – O’zbekiston) tug’ilgan. Maktabning to’rtinchi sinfini tugatgandan so’ng, kolxozda ishlagan. 1941 yilda Minbaev Qizil Armiya safiga xizmatga chaqirilgan, 1943-yildan Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi.
1944-yil iyunga qadar kichik serjant Nabidjan Minbaev Leningrad frontining 21-armiyasi 381-o‘qchilar diviziyasi 1261-o‘qchilar polkida guruh komandiri bo‘lgan. Leningrad viloyatini ozod qilishda jonbozlik ko‘rsatgan. 1944-yil 10-iyunda Vsevolojsk tumanidagi Lembolovo qishlog‘i yaqinidagi jangda Minbaev vzvod komandirligi qo‘liga olib, vzvodni hujumga ko‘taradi va dushmanni uloqtirib tashlaydi. O‘sha jangda Minbaev jarohat oladi, ammo jangni davom ettiradi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 24-martdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, kichik serjant Nabidjan Minbaevga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.