MIXUTKIN MIXAIL ANDREEVICH
katta serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi qahramoni (24.03.1945)
1923-yil 26-sentabrda Raxmanovka qishlog‘ida (hozirgi Saratov viloyati Pugachevskiy tumani) tug‘ilgan. Maktabning ettinchi sinfini tugatgach, Chirchiq shahrida montajchi bo‘lib ishlaуdi. 1941-yilda Mixutkin Qizil Armiya safiga xizmatga chaqirilgan. 1942-yildan Ikkinchi Jahon urushi jangalarida qatnashgan.
1944-yil sentabrga qadar katta serjant Mixail Mixutkin 1-Boltiq fronti 43-armiyasining 306-o‘qchilar diviziyasi 935-o‘qchilar polkida razvedkachi bo‘lgan. Latviya SSR hududidagi janglarda jonbozlik ko‘rsatgan. 1944-yil 19-sentabrda Mixutkin Riga viloyatining Baldone tumanida nemis tanklarning qarshi hujumini qaytarishda qatnashadi va dushmanning ikkita tankini yakson qiladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 24-martdagi Faemoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun” katta serjant Mixail Mixutkin Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Toshkentda yashagan. 1968-yil 20-dekabr kuni vafot etgan.