MAISTRENKO BORIS ALEKSANDROVICH

 leytenant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi qahramoni (24.03.1945)

 1923-yil 1-dekabrda Novgorod-Severskiy shahrida tug’ilgan. Maktabning sakkizinchi sinfini tugatgan. Toshkentda yashagan va zavodda ishlagan. 1942-yil avgustda Maistrenko Toshkentdagi Stalin tumani harbiy komissaryati tomonidan Qizil Armiya safiga xizmatga chaqirilgan.
1943-yilda Xarkov tankchilar maktabini bitirgan va shu yilning iyul oyidan Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan.
1944-yilning iyuniga qadar leytenant Boris Maistrenko Leningrad frontining 8-armiyasi 152-alohida tank brigadasi 1-tank batalyonda T-34 tanki komandiri bo‘lgan. Karel orolidagi janglarda jonbozlik ko‘rsatgan.
Jangda rota komandirligini qabul qilib, o’zining ekipaji bilan 3ta yog‘ochli o‘q otish nuqtasini, 8ta yog‘ochli yer o‘q otish nuqtasini, 15ta artilleriya uskunasini, 20ta pulemyot o‘q-natmalarni va dushmanning o’nlab askar va ofitserlarini yo’q qilgan. 1945-yil yanvar oyi boshida Maistrenko jiddiy jarohat oladi va 15 yanvarda kuni vafot etadi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 24-martdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarni na’munali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun leytenant Boris Maystrenko Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan (o’limdan so’ng).

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI

ALEKSANDR NEVSKIYNING" ORDENI

"LENINGRAD MUDOFAASI UCHUN" MEDALI