MATVEEV FEDOR IVANOVICH

serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi,Sovet Ittifoqi Qahramoni (24.03.1945)

1923-yil 30-dekabrda Karasevo qishlog‘ida (hozirgi – Novosibirsk viloyatining Cherepanovskiy tumani) tug‘ilgan. Maktabning ettinchi sinfini tugatgach, O‘zbekiston SSRda yashagan, temir yo‘lda ishlagan. 1942-yilda Matveev Farg‘ona viloyati Quva tumani harbiy komissaryati tomonidan Qizil Armiya safiga xizmatga chaqirilgan.
O‘sha yilning dekabr oyidan Ikkinchi jahon urushida qatnashgan. 1943-yil aprel oyida yarador bo‘ladi.
1944-yil may oyiga qadar serjant Fyodor Matveyev 4-Ukraina frontining 51-armiyasi 263-o‘qchilar diviziyasi 997-o‘qchilar polkining 1-pulemyotchilar rotasiga komandirlik qilgan. Sevastopolni ozod qilishda jonbozlik ko‘rsatadi. 1944-yil 7-maydan 8-mayga o‘tar kechasi Matveyev bo‘linmasi dushmanning sim to‘siqlari va mina maydonlaridan o‘tib, dushman transheyalarini egallab oladi. Oldinga siljib, nemis kolonnasini mag‘lub etishda ishtirok etadi, 145ta askar va ofitserlarni asirga oladi, shuningdek, 8ta vagon va 3ta mashina ham qo‘lga kiritadi. Saxarnaya Golovka balandligi uchun jangda Matveyev bo‘linmasi dushmanni uchta yog‘ochli o‘q otish nuqtasini egallab oladi. 1944-yil 9-mayda Sevastopolning Kema yerlari uchun bo‘lgan janglarda faol qatnashadi. O‘sha jangda Matveev jarohat oladi, ammo jangni davom ettiradi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 24-martdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo’mondonlikning jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi, ko’rsatgan jasorati va qahramonligi uchun” serjant Fedor Matveyevga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1976-yil 12-aprelda vafot etgan, Toshkentdagi Birodarlar qabristonda dafn etilgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI