MANOSHIN, KONSTANTIN VASILIEVICH
katta leytenant, Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (10.26.1944)
1917-yil 11-mayda (24) Suksun (hozirgi Perm o‘lkasi) qishlog‘ida tug‘ilgan. Maktabning 9-sinfini tugatgan. 1935-yilda Qizil Armiya safiga chaqirilgan. 1938-yilda Engels harbiy aviatsiya uchuvchilar bilim yurtini tugatgan. 1942-yil sentabrdan – Ikkinchi Jahon urushida.
1944-yil iyuliga qadar Konstantin Manoshin 1-Boltiq frontining 3-havo armiyasi 1-gvardiya qiruvchi aviatsiya korpusi 4-gvardiya qiruvchi aviatsiyasi diviziyasi 64-gvardiya qiruvchi aviatsiya polkining shturmani bo‘lgan. Bu vaqtga kelib, Konstantin Manoshin 132 ta jangovar porvozni amalga oshirgan, 38 ta havo jangida qatnashgan, dushmanning 12 ta samolyotini o‘zi va 4 tasi guruh tarkibida urib tushirgan.
SSSR Qurolli Kuchlari Prezidiumining 1944-yil 26-oktabrdagi Farmoni bilan “Havo janglarida ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, katta leytenant Konstantin Manoshin Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Urushdan keyin Manoshin Sovet Armiyasida xizmatini davom ettirgan. 1964-yilda podpolkovnik unvoni bilan zaxiraga bo‘shatilgan. Voronejda yashagan.
1971-yil 23-avgustda vafot etgan, Levoberejno qabristoniga dafn etilgan.