MALYASOV VIKTOR ALEXANDROVICH
mayor, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi qahramoni (15.01.1944)
1917-yil 7-noyabrda Toshkentda tug‘ilgan. Maktabning ettinchi sinfini (43-maktabda) tugatgandan so‘ng zavodda chilangar bo‘lib ishlagan. 1937-1941- yillarda Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutida tahsil oladi. 1941-yil noyabrda Malyasov Qizil Armiya safiga xizmatga chaqiriladi. 1942-yilda Toshkent Oliy Umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtini tamomlagan va shu yilning may oyidan Ikkinchi jahon urushida ishirok etgan.
1943-yil sentyabriga qadar kapitan Viktor Malyasov Markaziy frontning
61-armiyasi 76-gvardiya o‘qchilar diviziyasi 234-gvardiya o‘qchilar polkining batalyoniga komandirlik qilgan. Dneprdagi janglarda jonbozlik ko‘rsatgan.
1943-yil 28-sentabrda Malyasov batalyoni Dneprni Ukraina SSR Chernixiv viloyatining Repkinskiy tumanidagi Misi qishlog‘i yaqinidan kechib o‘tib, g‘arbiy sohilidagi platsdarmni egallab oladi va ko‘plab dushman qarshi hujumlariga qarshilik ko‘rsatib, asosiy kuchlarni kechib o‘tguncha ushlab turdi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 15-yanvardagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda jangovar topshiriqlarni na’munali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun» kapitan Viktor Malyasov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan bilan taqdirlangan.
1944-yil 17-oktabrda Polshaning Radzimin shahri (Varshava yaqinida) uchun bo‘lgan jangda mayor Viktor Malyasov halok bo‘lgan. Dastlab Mokotov tumani Varshava shahrida dafn etiladi, urushdan keyin 1 may kuni Brest parkidagi birodarlik qabristonida qabrga qayta dafn qilinadi.