MAKSIMENKO VASILIY IVANOVICH

 katta leytenant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi qahramoni (23.11.1942).

1913-yil 12-fevralda Rossiya imperiyasining Xartsizsk (hozirgi Ukraina Donetsk viloyati) qishlog‘ida tug‘ilgan. Qizil Armiya safida 1935-yildan. O‘zbekiston SSSRning Samarqand shahar harbiy komissaryati tomonidan chaqirilgan. 1938-yilda Orenburg harbiy-aviatsiya uchuvchilar maktabini bitirgan.
1939-yilda Sovet qo‘shinlarining G‘arbiy Ukraina va G‘arbiy Belorussiyani ozod qilish yurishlari qatnashchisi.
Leytenant Maksimenko 1941-yil iyul oyidan Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan. Eskadriliya komandirining o‘rinbosari va 88-qiruvchi aviatsiya polkining eskadriliya komandiri (216-qiruvchi aviatsiya diviziyasi, 4-havo armiyasi, Kavkaz fronti) bo‘lgan. 1942-yil 25-avgustda Mozdok yaqinidagi jangda og‘ir yaralanadi va yana safga qaytadi.
1942-yil oktabr oyiga qadar 250ta jangovar uchushni amalga oshirgan, 15ta havo jangida dushmanning 7ta samolyotini urib tushirgan. 1942-yil 23-noyabrda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi va ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun katta leytenant Maksimenko Vasiliy Ivanovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlanadi.
Deyarli bir yil 88-qiruvchi polkning shturmani sifatida jang qiladi. 1943-yil avgustdan G‘alabagacha 88-qiruvchi aviatsiya polkining komandiri bo‘lgan. 1944-yil aprel oyida uning komandirligi ostida polk gvradiyachi unvonini oladi va 159-gvardiya qiruvchi aviatsiya polki deb nomlanadi, shuningdek «Novorossiysk» faxriy nomini oladi, Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlanadi. Uning boshchiligidagi polk Novorossiysk-Taman, Qrim, Belorussiya, Sharqiy Prussiya va Sharqiy Pomeraniya hujum opreratsiyalarida qatnashadi. G‘alabagacha podpolkovnik Maksimenko 516ta jangovar uchishni amalga oshirgan, 7ta dushman samolyotni shaxsan o‘zi va guruhi tarkibida 9ta samolyotni urib tushirgan.
U Rigada yashagan va “Rigaselmash” zavodida ishlagan. 2004-yil 5-iyunda vafot etdi.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"2-DARAJALI SUVOROV" ORDENI

"LENIN" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI

"JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN" MEDALI

"1941-1945 YILLAR VATAN URUSHIDA GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G'ALABA" MEDALI

"1941-1495 YILLAR VATAN URUSHIDAGI G‘ALABANING 20 YILLIGIGA" MEDALI

"1941-1495 YILLAR VATAN URUSHIDAGI G‘ALABANING 30 YILLIGIGA" MEDALI

"1941-1495 YILLAR VATAN URUSHIDAGI G‘ALABANING 40 YILLIGIGA" MEDALI

"SSSR QUROLLI KUCHLARI VETERANI" MEDALI​

"KAVKAZ MUDOFAASI UCHUN" MEDALI​

"SSSR QUROLLI KUCHLARINING 40 YILIGIA" YUBILEY MEDALI

"SSSR QUROLLI KUCHLARINING 50 YILIGIA" YUBILEY MEDALI

"SSSR QUROLLI KUCHLARINING 60 YILIGIA" YUBILEY MEDALI

"SSSR QUROLLI KUCHLARINING 70 YILIGIA" YUBILEY MEDALI

"JUKOV" MEDALI