LUBIMOV ALEKSEY ILICH
mayor, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Sovet Ittifoqi Qahramoni (10.26.1943)
1902-yil 7-mayda (20) Don o‘lkasining Krasnochersk viloyati (boshqa ma’lumotlarga ko‘ra – Ternovskaya qishlog‘ida), hozirgi Rostov viloyatining Simlyansk tumanida dehqon oilasida tug‘ilgan. Rus. Boshlang‘ich ta’lim olgan. Nijnechirskaya (hozirgi Nijniychir qishlog‘i, Volgograd viloyati) qishlog‘ida terini qayta ishlash zavodida ishlagan.
1921-yildan Qizil Armiya safida. Tambov viloyatidagi Antonov va Tojikistonning bosmachi guruhlariga qarshi janglarda qatnashgan. 1926-yilda Leningrad artilleriya bilim yurtini bitirgan.
1941-yil iyundan Ikkinchi jahon urushida qatnashgan. Janglarni Belorusiyada boshlagan, Kursk jangida ishtirok etgan. 1943-yil 27-sentabrda artilleriya polkining komandiri Dneper daryosidan barcha ta’minot vosutalarini qo‘l bola vositalar bilan olib o‘tadi. Dneperning o‘ng qirg‘og‘idagi Ukrainaning Dropepskiysk viloyati Verxnedneprovsiy tumani Dneprapetrovka qishlog‘I yaqinida platsdarmni egallashda, dushmanning og‘ir tanklari, zirhli mashinalari va zirhli transport vositalari bilan bo‘lgan jangda o‘z qo‘shinlaini olov bilan qo‘llab-quvvatlab turgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil26-oktabrdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, mayor Lubimov Aleksey Ilich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Surxondaryo viloyati Termiz shahrida, keyin Krasnodar shahrida yashagan.
1986-yil 5-aprelda vafot etgan. Krasnodarda, Slavyan qabristoniga dafn qilingan.