LUTFULLIN SULGI 

katta serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi,  Sovet Ittifoqi qahramoni (10.04.1945)

1923-yil 5-yanvarda O‘zgan shahrida tug‘lgan. O‘rta maktabni tugatgach,  xalq sudida sud ijrochisi bo‘lib ishlagan. 1942-yil martda Lutfullin Andijon harbiy komissaryati tomonidan Qizil Armiya safiga xizmatga chaqirilgan, va aprel oyidan boshlab Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan. 1944-yil avgustda katta serjant Sulgi Lutfullin 1-Ukraina frontining 13-Armiyasi 493-tankga qarshi artilleriya polkining orudiya komandiri bo‘lgan. Polshani ozod qilishda jonbozlik ko‘rsatgan.
1944-yil 18-avgustda Sandomir platsdarmidagi jangida Lutfullin hisobi dushman piyoda askarlari va 12ta nemis tanklarining qurshovida qo‘ladi, lekin samarali jang qiladi, sakkiz marotaba dushman qarshi hujumni qaytaradi va 5tankni yakson qilib, o‘z bo‘linmasiga qo‘shiladi. 1945-yil 29-yanvarda artilleriya hisobi Tarksdorf aholi yashash punkti yaqinida (hozirgi Tarchalice, Scinavadan 6km janubida) Oderni kechib o‘tadi va g‘arbiy sohilidagi platsdarmni egallash va ushlab turish uchun bo‘lgan jangda faol ishtirok etadi. 1945-yil 30-yanvardagi jangda Lutfullin hisobi 7tank va 1-zirhli transport vositasini yakson qiladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 10-apreldagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun» katta serjant Sulgi Lutfullinga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1991-yilda vafot etgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"JASORATI UCHUN" MEDALI