LEVIN GRIGORIY MIXAILOVICH 

polkovnik, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi qahramoni (29.06.1945)

1902-yil 10-yanvarda Ansir qishlog‘ida (hozirgi Krasnoyarsk o‘lkasining Kanskiy tumani) tug‘ilgan. Maktabning yettinchi sinfini tugatgan. 1921-yilda Levin Qizil Armiya safiga xizmatga chaqirilgan. 1922-yilda Krasnoyarsk piyoda maktabini, 1926-yilda – Vladivostok piyoda maktabini tugatgan. 1932-yil aprelda u zaxiraga bo‘shatilаdi. 1935-yildan 1941-yilgacha Chirchiq shahrida (O‘zbekiston) yashagan, «Chirchiqqurilish» trestida ishlagan. 1941-yil 5-sentabrda Levin Chirchiq tumani harbiy komisaryati tomonidan qayta armiyaga chaqirilgan, noyabr oyidan Ikkinchi jahon urushida qatnashgan.
1945-yil aprelga qadar gvardiya polkovnigi Grigoriy Levin 2-Belorussiya frontining 65-armiyasi 37-gvardiya o‘qchilar diviziyasi 109-gvardiya o‘qchilar polkiga komandirlik qilgan. Berlin operatsiyasida jonbozlik ko‘rsatgan. 1945-yil 19-apreldan 20-aprelga o‘tar kechasi Levin polki Shtettinning janubidagi Oderni kechib o‘tadi va g‘arbiy sohilida platsdarmni egallaydi. Keyingi uch kun davomida, polk yigirma oltita yirik nemislar qarshi hujumlarini muvaffaqiyatli qaytaradi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 29-iyundagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarni na’munali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun” gvardiya polkovnigi Grigoriy Levin Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlanadi.
1983-yil 26-yanvarda vafot etgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"1,2,3-DARAJALI SUVOROV" ORDENI

"ALEKSANDR NEVSKIY" ORDENI