LEV RAFAIL FROIMOVICH 

katta leytenant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi,  Sovet Ittifoqi qahramoni (17.10. 1943).

U Odessada ishchilar oilasida tug‘ilgan. Yahudiy. 7-sinfni tugatgan. Fabrikada chilangar bo‘lib ishlagan. 1941- yildan Toshkentda yashab, mehnat qilgan.
1942-yilda O‘zbekiston SSR Toshkent shahar harbiy komissaryati tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirilgan. Kichik leytenantlar kursini tugatgan.
1943-yilning 26-27-sentabr kunlari Ukrainaning Kiyev viloyati, Vishgorodskiy tumani, Tolishunskaya Rudnya qishlog‘ida, Dneper daryosini kechib o‘tishda 989-o‘qchi polkining (Markaziy frontining 60-armiyasi 226-o‘qchilar diviziyasi) rota komandiri leytenant Rafail Lev jonbozlik ko‘rsatadi.
Uning rotasi Dneprning o‘ng qirg‘iga kechib o‘tib, fashistlarga hujum qilib, platsdarmni qo‘lga kiritadi va shu jangda 989-piyoda polkining batalyonlari muvaffaqiyatli daryoni kechib o‘tadi. Polk komandiri R.F.Levni Qizil Bayroq ordeni bilan mukofotlashga taqdim etadi.
Lekin Qahramonga yuqori darajadagi mukofotni olish nasib etmaydi. Farmon qabul qilingan kunning ertasiga, 1943-yil 18-oktabrda, katta leytenant R.F.Lev jangda halok bo‘ladi va Ukraina Kiyev viloyatining Vishgorod tumanidagi Dmitrievskiy qishlog‘iga (hozirgi Petrovskoye qishlog‘ida) dafn qilinadi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 17-oktabrdagi Farmoni bilan “Frontida nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun” leytenant Lev Rafail Froimovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlanadi.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI