ANATOLIY NAUMOVICH KUZMIN
kichik serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (03.24.1945).

1924-yil19-oktabrda Verx-Anuyskoye (Oltoy o‘lkasining Bistroistokskiy tumani) qishlog‘ida tug‘ilgan. 1930-yil Biyskga, 1938-yil Ashxabodga ko‘chib o‘tadi. O‘rta maktabni tugatgan.
1942-yildan Qizil Armiya safida. O‘sha yilning sentabr oyidan – Ikkinchi jahon urushida. Stalingrad, Don, Janubi-G‘arbiy, 2 va 1-Ukraina frontlaridagi janglarda qatnashgan. Stalingrad jangida, Ukraina SSR va Polshani ozod qilishda qatnashgan.
1945-yil yanvarga kelib, 1-Belorussiya fronti 47-armiyasi 60-o‘qchi diviziyasi 1281-o‘qchi polkining 45 millimetrli orudiya yo‘naltiruvchisi bo‘lgan. Visla-Oder operatsiyasida jonbozlik ko‘rsatgan. 1945-yil 15-16-yanvar kunlari nemislarning mudofaasini yorib o‘tishda va Novi-Dvur-Mazovetski shahri yaqinidagi Visla daryosini kechib o‘tishda, dushmanning bir nechta o‘q otish nuqtalarini yo‘q qiladi. Daryoning g‘arbiy sohilidagi platsdarmda nemislarning qarshi hujumlarini qaytaradi, og‘ir yaralanganligiga qaramay, jangni davom ettiradi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 24-martdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, kichik serjant Anatoliy Naumovich Kuzmin Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1947-yil sentabr oyida nogironligi sababli zahiraga bo‘shatilgan. 1949-yil Ashxobod yuridik maktabini tugatgan, keyin Pyatigorskva Barnaul shahar prokuraturasida ishlagan. 1961-yildan Samarqand dayashab, mehnat qilgan.
1992-yil 4-iyunda vafot etgan, Samarqandning Harbiy qabristoniga dafn etilgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"JASORATI UCHUN" MEDALI