KOVTUNOV GEORGIY NIKITOVICH
general-leytenant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (22.07.1944)

1918-yil 26-mayda Orexovka qishlog‘ida (hozirgi – Samara viloyatining Alekseyevskiy tumani) tug‘ilgan. Maktabning 9-sinfini tugatgandan so‘ng, kolxozda ishlagan. 1936-yilda Qizil Armiya safiga xizmatga chaqirilgan.
Ikkinchi jahon urushida 1-Boltiq fronti 6-gvardiya armiyasi 67-gvardiya o‘qchilar diviziyasi 138-gvardiya artilleriya polki komandiri lavozimida qatnashgan. 1942-yilning sentabrida Xarkov yaqinidagi, Don, Stalingrad va Kursk janglarida va Pskov viloyatini ozod qilishda qatnashgan. 1943-yilning noyabrida bir necha bor jiddiy jarohatlanadi. Qismga qaytgach, Belorusiya SSRni ozod qilishda ishtirok etadi.
Vitebskni ozod qilishda jonbozlik ko‘rsatadi. Shu janglarda uning polklari
46 ta transport vositasini, 14 ta artilleriya va minomyot batareyalarini, 31 ta pulemyotni, 51 ta aravani, 28 ta yog‘ch er o‘q o‘otish nuqtasini (dzot), 24 ta dushmanning kuzatish postlarini, 8ta tankni, 4 ta “Ferdinand” o‘ziyurar qurolini va 600 ga yaqin dushman askarlari va ofitserlarini yo‘q qiladi. Janglardagi muvafaqqiyatlari uchun Kovtunov polkiga “Vitebsk” faxriy nomi berilgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 22-iyuldagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, general-leytenant Georgiy Nikitovich Kovtunov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1987-yil 7-mayda vafot etgan, Moskvadagi Kunsevskiy qabristoniga dafn etilgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"OKTABR INQILOBI" ORDENI

"ALEKSANDR NEVSKIY" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI

"1,2,3-DARAJALI SSSR QUROLLI KUCHLARIDA VATANGA XIZMAT QILGANI UCHUN" ORDENI

"JASORATI UCHUN" MEDALI

"STALINGRAD MUDOFAASI UCHUN" MEDALI​