KOVTUN PAVEL MAKSIMOVICH

leytenant, Sovet-Fin va Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (15.01.1944)

 1913-yil 18-martda (31) Miropoliye qishlog‘ida (hozirgi Ukraina Sumsk viloyatining Krasnopolskiy tumani) tug‘ilgan. Maktabni 5-sinfini va qishloq xo‘jalik maktabining 2-kursini tugatib, kolxozda ishlagan. 1932-yil noyabrdan Qizil Armiyada. 1933-yilda polk maktabini bitirgan.

1935-yil iyul oyida uzoq muddatli ta’tilga chiqarilgan va Arxangelsk viloyatidagi majburiy mehnat lageri, harbiylashtirilgan xavfsizlik xizmatida xizmat qilgan.

1939-yil sentabrda 2-Leningrad artilleriya bilim yurtini tugatgan. Sovet-Fin urushida qatnashgan, og‘ir yaralangan. 1940-yil sentabrda zaxiraga bo‘shatilgan. 1942-yil sentabrda yana armiyaga chaqirilgan. O‘sha yil oktyabrdan boshlab – Ikkinchi jahon urushida qatnashgan.

1943-yil sentabrga qadar Markaziy frontning 61-armiyasi, 415-o‘qchi diviziyasi, 686-chi artilleriya polkining 7-batareya vzvod boshqarmasini boshqargan.

Dneprdagi jangda jonbozlik ko‘rsatgan. 1943-yil 28-sentabrda ilg‘or guruh tarkibida Ukraina SSRning Chernixiv viloyati, Repkinskiy tumani, Zmey qishlog‘I hududida Dnepr daryosini kechib o‘tadi va g‘arbiy sohilidagi platsdarmni egallab olish va ushlab turish janglarida faol qatnashadi. Guruh nemeslarning 8 ta qarshi hujumni qaytaradi.

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining1944-yil 15-yanvardagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, leytenant Pavel Maksimovich Kovtun Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

1946-yil may oyida leytenant unvoni bilan zaxiraga bo‘shatilgan. Toshkentda yashagan, mahalliy poyabzal fabrikasida ishlagan.

1980-yil 29-martda vafot etgan, Toshkentdagi Harbiy qabristonining qahramonlari xiyoboniga dafn qilingan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"1941-1945 YILLAR VATAN URUSHIDA GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G'ALABA" MEDALI

"JASORAT UCHUN" ORDENI

"SSSR QUROLLI KUCHLARIGA 20 YIL" MEDALI​

"SSSR QUROLLI KUCHLARIGA 30 YIL" MEDALI​

"JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN" MEDALI