KOVAL DMITRIY IVANOVICH
leytenant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (24.05.1943).
1918-yil 25-fevralda Moskvada tug‘ilgan. Kichikligida Toshkentga ko‘chib keladi, maktabni 7-sinfni tugatib, chilangar bo‘lib ishlagan. 1936-yilda Qizil Armiya safiga xizmatga chaqirilgan. 1939-yilda Fuqaro Havo flotining Tombov aviatsiya bilim yurtini, 1940-yilda Odessa uchuvchilar harbiy-aviatsiya maktabini tamomlagan. 1941-yilning iyunidan – Ikkinchi jahon urushida qatnashgan.
1943-yilning mayiga qadar Shimoliy Kavkaz fronti 4-havo armiyasi 216-aralashavia diviziyasi 45-qiruvchi aviatsiya polkida katta uchuvchi bo‘lgan.
1943-yil 8-mayda Qrimning Krasnodar o‘lkasi hududidagi jangda halok bo‘lgan. Janglarda 127 ta jangovar parvozni amalga oshirgan, 26 ta havo jangida qatnashgan, dushmanning 12 ta samolyotini shahsan o‘zi va 3 ta samolyotini guruh tarkibida yakson qilgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yilning 24-mayidagi Farmoniga binoan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, leytenant Dmitriy Ivanovich Koval Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.