KOSTROV STANISLAV IVANOVICH
leytenant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (24.03.1945)

 1923-yilning 10-martida hozirgi Xmelnitskiy viloyatidagi (Ukraina) Shepetivka shahrida ishchilar oilasida tug‘ilgan. Millati-ukrain. O‘rta maktabni tugatgan. Kutubxonachi bo‘lib ishlagan.
1942-yilda Qizil Armiya safiga xizmatiga chaqirilgan. Ikkinchi Jaxon urushida 909-o‘qchi polkida pulemyotchilar vzvodi komandiri (247-o‘qchi Roslavl diviziyasi, 69-armiya, 1-Belorussiya fronti) bo‘lgan.
Bryansk, Belorussiya va 1-Belorussiya frontlarida jang qilgan. Uch marta yaralangan. Vislani kechib o‘tishda 1-Belorussiya frontining Lublin-Brest hujum operatsiysida jonbozlik ko‘rsatgan.
1944-yilning 1-avgustiga o‘tar kechasi, pulemyotchilar vzvodi shahsiy tarkibi bilan birga dushman olovi ostida Visla daryosini kechib o‘tib, uning g‘arbiy sohilidagi Pulavi shahri yaqinida marrani egallab oladi.
Uning boshchiligida vzvod dushmanning 8 ta qarshi hujumi qaytarib, bir nechta pulemyot o‘q otish joyini vayron qiladi, ko‘plab dushman askarlari va ofitserlarini yo‘q qiladi. Shu jangda og‘ir yaralanadi va kasalxonaga evakuatsiya qilinadi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yilning 24-martidagi Farmoniga binoan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, leytenant Kostrov Stanislav Ivanovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
2001-yil 12-avgustda vafot etgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"JASORATI UCHUN" MEDALI