KOPILOV IVAN PAVLOVICH

mayor, Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (31.05.1945)

1920-yil 1-yanvarda Sharqiy Qozog‘iston viloyati Ziryanovskiy tumani Solovyovo qishlog‘ida qishloq temirchisi oilasida tug‘ilgan. Toshkent hisob-iqtisodiyot texnikumini tamomlagan. Qizil Armiyada 1939-yildan. 1941-yilda Podolsk artilleriya maktabini bitirgan.
1941-yil iyul oyidan Ikkinchi Jahon urushida. Moskva mudofaasi qatnashchisi. 666-artilleriya polkining divizion komandiri (222-o‘qchi diviziyasi, 33-armiya, 1-Belorussiya fronti).
1945-yil 2-fevralda 666-artilleriya polkining divizion komandiri mayor Kopilov shturm guruhlari tarkibida Frankfurt shahrining janubidagi Fogelzang qishlog‘i yaqinidagi Oder daryosini kechib o‘tadi. Bir necha kun davomida Kopylov divizioni fashistlarning ko‘plab qarshi hujumlarini jasorat bilan qaytaradi. Dushmanning tirik kuchi va texnikasiga jiddiy zarar yetadi. Plftsdarm og‘ir talafotlarga qaramay saqlanib qolinadi. 16-aprel kuni shu platsdarmdan Berlinga hujum boshlanadi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 31-maydagi Farmoni bilan “Batalonni mohirona boshqarganligi, nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar vazafalarini namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun” mayor Ivan Pavlovich Kopilov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlanadi.
1952-yilda Harbiy Artilleriya akademiyasini tamomlagan. 1973-yildan polkovnik Kopilov Odessada yashagan va mehnat qilgan.
1982-yil 6-oktabrda vafot etgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"ALEKSANDR NEVSKIY" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI

"JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN" MEDALI