KOLYADA VASILIY ALEKSEYEVICH

katta leytenant, ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Sovet Ittifoqi Qahramoni (17.10.1943)

 1920-yil14-yanvarda Valkishahrida (hozirgi Ukrainaning Xarkov viloyati) tug‘ilgan. O‘rta ma’lumot olgan, keyin boshlang‘ich maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. 1939-yildan Qizil Armiyada. Tibbiy instruktorlar kursini va Xarkov harbiy tibbiyot bilim yurtini tamomlagan. 1941-yildan – Ikkinchi Jahon urushida qatnashgan. 1942-yil fevralda og‘ir yaralanadi. 1943-yil oktabrga qadar Markaziy frontning 60-armiyasi, 121-o‘qchi diviziyasi, 574-o‘qchi polkining sanitary vzvodiga komandirlik qilgan. Dneprdagi jangda jonbozlik ko‘rsatgan.

1943-yil 28-oktyabrda Ukraina SSRning, Kiyev viloyati, Vishgorod tumani, Glebovka qishlog‘i yaqinida Dnepr daryosidan kechib o‘tadi. G‘arbiy sohilda platsdarmdagi janglarda 101 nafar yarador askarlarni va komandirni jang maydonidan shaxsan o‘zi olib chiqib, yana 2000 ga yaqin yaradorni Dnepr daryosining sharqiy sohiliga o‘tkazadi.

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining1943-yil 17-oktabrdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, katta leytenant V.A.Kolyada Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

Jitomir yaqinidagi janglarda yana og‘ir yaralanadi va boshqa frontga qaytmaydi, O‘rta Osiyoda xizmat qilgan. 1949-yilda Harbiy Tibbiyot Akademiyasining ikkinchi kursini tugatgan.

1953-yil 2-yanvarda vafot etgan.

 

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI