KISELEV SERGEY SEMENOVICH
gvardiya kata serjanti Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi Sovet Ittifoqi Qahramoni (01.11.1943)

1910-yil 23-sentabrda Ivanovo viloyatining Verxnelandexov tumanidagi Gonchakovo qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. Rus. Baranovskaya qishloq maktabining 4-sinfini tugatgan. 1934-yilda Vladimir viloyati Vyazniki shahriga ko‘chib o‘tadi va fabrikada ishchi bo‘lib ishlaydi. Urushdan oldin Moskva viloyati Noginsk shahrida ishlagan.
1941-yil iyun oyida Qizil Armiya safiga chaqirilgan. 1942-yil avgustdan frontda. Oddiy askardan взvod qo‘mondoni yordamchisiga ko‘tqrilgan. 1942-yil yozida Don shahridagi qonli janglarda qatnashgan va Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlangan. Keyinroq Voronej frontida jang qiladi, Donbassni ozod qilishda qantashadi. “Jasorati uchun” medali bilan taqdirlangan.
Dnepr daryosidan jang bilan o‘tishda jonbozlik ko‘rsatadi. 1943-yil 26-sentabrga o‘tar kechasi katta serjant Kiselyov 36 ta askardan iborat desantchilar guruhi tarkibida Voiskovoye qishlog‘i (Dnepropetrovsk viloyati, Solonyanskiy tumani) yaqinida Dnepr daryosining o‘ng qirg‘og‘iga o‘tadi. Kiselyov vzvodi dushmanning transheyasini egallab, tayanch punktni qo‘lga kiritadi. Ikki kun davomida jasur jangchilar platsdarmni ushlab turish uchun jang qiladi.
Dushmanning 5 ta qarshi hujumini qaytarib, 50 ga yaqin nemis askarlari va ofitserlarini yo‘q qiladi, 18 ta ot va 1 ta orudiyani o‘lja oladi. Shaxsan S.S.Kiselyov 10 dan ortiq nemis askarlarini yo‘q qiladi. Jasur desantchilar o‘zlarining olib borgan jangi bilan polkning asosiy kuchlarini kechib o‘tishni ta’minlaydi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 1-noyabrdagi Farmoni bilan “Dnepr daryosini kechib o‘tishda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun” gvardiya serjanti Kiselev Sergey Semenovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvon bilan taqdirlangan.
Korsun-Shevchenkovskiy operatsiyasida qatnashgan, Ruminiya va Vengriya hududlarini jang bilan bosib o‘tgan, Budapeshtni zabt etishda ishtirok etgan. G‘alaba kuni Pragada kutib olgan.
1946-yil oktabrda zahiraga bo‘shatilgan.
Toshkentda yashagan. 1994-yil boshida qizi bilan birga Ivanovo viloyatiga, vataniga ko‘chib ketgan.
1994-yil 27-sentabrda vafot etgan. Koxma shahar qabristoniga, harbiylar dafn etiladigan bo‘limiga dafn etilgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"JASORATI UCHUN" MEDALI

"JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN" MEDALI