KIBALKO VASILIY VASILYEVICH
polkovnik, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (24.05.1943)
1918-yil 14-yanvarda Odessada tug‘ilgan. 1941-yil Qizil Armiya safiga xizmatga chaqirilgan. Shu yilning iyunidan – Ikkinchi jahon urushida qatnashgan.
1943-yilning boshida G‘arbiy frontning 1-havo armiyasi 10-alohida uzoq-razvedka aviatsiya polkida eskadrilya komandiri o‘rinbosari bo‘lgan. Bu vaqtga kelib, dushman qo‘shinini bombardimon va uzoq razvedka qilish bilan, 100 dan ortiq jangovar parvozlarni amalga oshirgan edi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 24-maydagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, polkovnik Vasiliy Vasilyevich Kibalko Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Moskvada yashagan. 1992-yil 1-oktabrda vafot etgan, Moskvadagi Mitinskiy qabristoniga dafn etilgan.