KELCHIN MIXAIL NIKIFOROVICH
kichik leytenant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (10.01.1944)

 1921-yilda Motorino qishlog‘ida (hozirgi Orenburg viloyatining shimoliy tumani) tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatgandan so‘ng, Abdulino shahrida dastlab elevatorda, keyin temir yo‘lda ishlaydi. Keyinchalik, O‘zbekiston SSRga ko‘chib o‘tadi.
1940-yilning sentyabr oyida Qizil Armiya safiga xizmatga chaqirilgan. Ikkinchi jahon urushining birinchi kunlaridan boshlab Voronej fronti 3-gvardiya armiyasi 6-tank gvardiya korpusi 22-motoo‘qchi gvardiya batalyoni 1-tankka qarshi vzvodi komandiri lavozimida jang qilgan. Dnepr uchun jangda jonbozlik ko‘rsatgan.
Kelchinning vzvodi birinchi bo‘lib Dneprga chiqib boradi va g‘arbiy sohilidagi (Bukrinskiy platsdarmi) platsdarmga kechib o‘tadi. Nemislarning birinchi qarshi hujumida vzvod artilleriyachilari ikkita tankni yakson qiladi, Kelchinning o‘zi dushmanning o‘ziyurar artilleriya to‘pini yo‘q qiladi. Nemislarning navbatdagi qarshi hujumi vaqtida vzvod 2ta tankka qarshi va 1ta shturm orudiyasini, 2ta pulemyotni va bir qancha o‘nlab nemis askarlari va ofitserlarini yo‘q qiladi. Janglarda Kelchin bitta pulemyotchini o‘ldiradi va ikkinchisini asirga olishga muvaffaq bo‘ladi va so‘nggi rusumdagi pulemyoti bilan birga shtabga olib keladi. 1943-yilning 4-noyabrida Kelchin Pusha-Voditsa (hozirgi – Kiyev shahrining chekkasidagi hudud) qishlog‘i uchun jangda halok bo‘ladi. Halok bo‘lgan joyda dafn qilinadi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 10-yanvardagi Farmoni bilan, “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, kichik leytenant Mixail Nikiforovich Kelchin Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"JASORATI UCHUN" MEDALI