KAZAKOV KONSTANTIN FEDOROVICH
 katta serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Sovet Ittifoqi Qahramoni (30.10.1943)

 1906-yil 14-avgustda Pachelma qishlog‘ida (hozirgi – Penza viloyatidagi qishloq) tug‘ilgan.
Boshlang‘ich maktabni tugatgach, O‘zbekiston SSR Buxoro viloyatida yashab, mehnat qilgan. 1942-yil yanvarda Kazakov Buxoro viloyati Koson tuman harbiy komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga xizmatga chaqirilgan va Ikkinchi jahon urushida qatnashgan. 1943-yil oktabr oyida katta serjant Konstantin Kazakov Markaziy frontning 65-armiyasi 69-piyodalar diviziyasi 303-piyodalar polkida guruh komandiri bo‘lgan. Dneprdagi jangda jonbozlik ko‘rsatgan.
1943-yil 16-oktabrda guruhi bilan Ukraina SSRning Chernigov viloyati, Repkinskiy tumani, Radul qishlog‘i yaqinida Dneprni kechib o‘tadi va dushmanni transheyasidan siqib chiqarib, batalyonning asosiy kuchlari yetib kelgunicha ushlab turadi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 30-oktabrdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatilgan jasorati va qahramonligi uchun”, katta serjant Konstantin Kazakov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Qarshi shahrida yashagan. 1951-yilda vafot etdi.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"Jasorati uchun" medali