KAUMBAYEV TO’G’ONBOY

serjant, Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (10.30.1943)

 1922-yil 20-martda hozirgi Samarqand viloyati Forish tumanidagi Chimqo‘rg‘on qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. Qozoq 6-sinfni tugatgan, sovxozda cho‘pon bo‘lib ishlagan. 1942-yil yanvarda O‘zbekiston SSR Samarqand viloyatining Forish tumani komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirilgan. 1942-yil apreldan Ikkinchi Jahon urushida.
20-alohida razvedka rotasi (69-sonli Sevsk o‘qchi diviziyasi, 65-armiya, Markaziy front) guruh komandiri, komsomolchi serjant Toganbay Kaumbayev, 1943-yil 15-oktabrda razvetkachilar guruhi bilan, shahar tipidagi Loyev qishlog‘idan (Belorussiya, Gomel viloyati Lomovskiy tumani) janubroqda Dnepr daryosini kechib o‘tadi. Dneprning o‘ng qirg‘og‘idagi marrani egallab, desant kuchlari tashlangunicha ushlab turadi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 30-oktabrdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatilgan jasorati va qahramonligi uchun”, serjant Kaumbayev Toganbay Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1944-yilda Kaumbayev kichik leytenant kurslarini tugatgan.
1946-yilda katta leytenant unvoni bilan zaxiraga bo‘shatilgan. 1948-yilda Olmaota yuridik maktabini tamomlagan. 1962-yilda – Sovet partiyasi maktabi.
Qozog‘istonning Chimkent viloyati “Shardara” sovxozida gidrotexnik muhandis bo‘lib ishlagan. Janubiy Qozog‘iston viloyati qo‘mitasining a’zosi.
2014-yil 11-iyulda Shimkent shahrida (Chimkent) vafot etgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"2-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI

"JASORATI UCHUN" MEDALI