KARIMOV GULOM
leytenant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (22.02.1944)

1918-yilning 10-noyabrida Yanariq qishlog‘ida (hozirgi Toshkent viloyati) tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatgan. O‘qituvchilar tayyorlash kurslarini tamomlagan. 1942-yilning mart oyida kichik leytenantlar tayyorlash kurslarini tamomlagan.
1940-yildan Qizil Armiya safida. 1943-yilning oktyabr oyidan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 2-Ukraina frontining 40-armiyasi, 42- gvardiya o‘qchilar diviziyasi, 132-gvardiya o‘qchilar polkida pulemyotchilar vzvodi komandiri bo‘lgan. Ruminiyani ozod qilishda jonbozlik ko‘rsatgan.
1944-yilning 19-21 avgust kunlari Pashkani shahrining janubi-g‘arbidagi Soch qishlog‘i yaqinidagi janglarda, vzvod jangchilari bir nechta dushman o‘t ochish nuqtalarini yo‘q qiladi, shuningdek, bir qancha nemislarning qarshi hujumlarini qaytarishda ishtirok etdi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yilning 22-fevralidagi Farmoniga binoan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, leytenant Karimov G‘ulom Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
2014-yilda vafot etgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"2-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI

"Faxr belgisi" ordeni