JUDOV IVAN YEGOROVICH
kichik leytenant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (24.03.1945)

1921-yil 10-mayda Prichij qishlog’ida (hozirgi Bryansk viloyati Komarich tumanining janubi-sharqiy hududi) dehqon oilasida tug’ilgan. Rus.
U Sevastopol shahrida, so‘ngra Toshkentda yashagan. Toshkent hisob-iqtisodiyot texnikumini tamomlab, O’zbek SSRning Davlat bankida bosh hisobchi bo’lib ishlagan.
1940-yil 19-aprelda Toshkent shahridagi Kirov tumani harbiy komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirildi.
1941-yil 10-iyuldan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi.
1941-yilning avgust-sentyabr oylarida, Zaxira frontining 24- armiyasi 103-o‘qchi diviziyasi 146-alohida aloqa batal’oni, tarkibida aloqachi sifatida Yelnin hujum operatsiyasida qatnashdi. Dushman hujumi ostidagi janglarda telefon aloqasining uzilishlarini bartaraf etgan. Diviziya bo’linmalari o’rtasida uzluksiz aloqani ta’minlash vaqtida yarador bo‘lgan va kontuziya olgan.
Oktyabr oyining birinchi yarmida 24-armiya qo’shinlari Vyazma g’arbiy qismida dushmanning ustun kuchlari tomonidan qanotlarga berilgan zarbalar natijasida qurshovda qolgan. Judov ba’zi jangchi va komandirlar qatorida, qamaldan chiqishga muvaffaq bo’ldi. Shundan so‘ng yangi tashkil etilgan 385-o‘qchilar bo’linmasiga yuboriladi. Mazkur bo‘linma tarkibida Moskva va Smolenskdagi qonli janglarda qatnashadi.
1943 yilda kichik leytenantlar kurslariga yuborildi. 1944-yil 21-iyun kuni 2-Belorussiya frontining 50-armiyasi 385-o‘qchi diviziyasi 1270-o‘qchi polkining o‘qchi vzvodi komandiri kichik leytenant Judov Belorussiyaning Mogilev viloyati Chaus tumani, Golochevo qishlog’i yaqinidagi jangda qo’lga olish guruhini boshqargan holda, dushman xandaqiga kirib, nemis ofitserini o’qqa tutdi, guruh bilan birgalikda qarshilik ko‘rsatgan dushman askarlarini yo’q qiladi va ulardan birini asirga oladi.
1944-yil 27-iyunda o’z jangchilari bilan birgalikda dushmanning shiddatli artilleriya va minomyot hujumi ostida Dnepr daryosidan kechib o‘tib, hech qanday talofot ko’rmasdan Mogilyov viloyati Mogilyov tumani Dashkovka qishlog’i yaqinidagi platsdarmni egallaydi. U dushmanning uchta kuchli qarshi hujumini qaytardi. Piyoda askarlarning asosiy kuchlari Dneprni kechib o’tib, yetib kelguniga qadar platsdarmni qo‘ldan boy bermaydi.
Keyinchalik, 385-o‘qchi diviziyasining 1270-o‘qchi polki tarkibida Belorussiya va Polshani ozod qilinishida qatnashgan va o‘qchi rota komandiriga qadar bo‘lgan lavozimga ko’tarilgan.
1945-yil 26-fevralda katta leytenant Judov Dansig yo‘nalishidagi jangda halok bo‘ladi. U (Polshaning) Jabno qishlog’iga dafn etilgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 24-martda Farmoni bilan “Fashist bosqinchilariga qarshi kurashish mobaynida qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, kichik leytenant Judov Ivan Yegorovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI

"MOSKVANING 800 YILLIK XOTIRASIGA" MEDALI