IVLIEV YURI DMITRIEVICH
kapitan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi,  Sovet Ittifoqi qahramoni (26.10.1944).

1923-yilda Toshkentda tug’ilgan. Rus. Toshkent shahar harbiy komissaryati tomonidan xizmatga chaqirilgan.
1942-yil sentabrdan frontda. 312-aviatsiya polkida (4-aviatsiya armiyasi 233-aviatsiya diviziyasi,) eskadriliya komandiri sifatida jang qilgan, 120dan ortiq jangovar uchishni amalga oshirgan.
Eskadriliya komandiri kapitan Ivlievga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvonini berish to‘g‘risida 1944-yilning yozida yozilgan taqdimnomada quyidagilar yozilgan:
«Hammasi bo‘lib, kapitan Ivlievning jangovar qaydnomasida dushmanning 20ta tank, aerodromlardagi 11 samolyotlarni yo‘q qilgani, 1 samolyotni urib tushirilgani, 15ta dala batareyalari va zenit artilleriyasini safdan chiqargani, 10ta yoqilg‘i va o‘q-dorilar omborlarini portlatgani, 5 temir yo‘l eshalonlarini, 100ga yaqin mashinani va 500 nafargacha nemis askarlari va ofitserlarini yakson qilgani qayd etilgan».
1945-yil yanvarda dushmanning tirik kuchlari va tank qo‘shilmalarini bombardimon qilish vaqtida Yu.D.Ivlievning samolyoti urib tushirilagan. Ortga etib olishning iloji yo‘qligini anglagach, nemis askarlari to‘plangan joyga yonayotgan samolyotni yo‘naltirgan. Grodno markazidagi ommaviy qabrga dafn qilindi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 26-oktabrdagi Farmoni bilan  “Frontida nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun” kapitan I.Y.Dmitriyevga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI