ISMOILOV ISHANKUL
 oddiy askar, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi qahramoni (31.05.1945).

1902-yil 1-martda Turk qishlog‘ida (hozirgi Jizzax viloyati G’allaorol tumani) tug’ilgan. To‘liqsiz-o‘rta ma’lumotni olgach, kolxozda ishlagan. 1942-yil oktabr oyida Ismoilov Qizil Armiya safiga chaqirilgan. 1943-yil fevraldan Ikkinchi jahon urushiga qatnashgan. 1945-yil fevralga qadar Qizil Armiya gvardiya askari Ishanqul Ismoilov 1-Belorussiya frontining 8-gvardiya armiyasi 74-gvardiya o‘qchi diviziyasining 240-gvardiya o‘qchilar polkining o‘qchisi bo‘lgan. Poznanni ozod qilishda jonbozlik ko‘rsatgan.
Poznan shahridagi nemis mudofaa bo‘linmasiga hujumda, Ismoilov shaxsan o‘zi og‘ir pulemyot va piyodalarga qarshi qurilmani yo‘q qilgan, natijada batalyon hujumni muvaffaqiyatli yakunlagan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 31-maydagi Farmoni bilan “Frontida nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun” oddiy askari Ishanqul Ismoilov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI