ILYIN STEPAN PETROVICH
katta serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi,  Sovet Ittifoqi qahramoni (30.10.1943).

1915-yil 2-avgustda Krivoozernoye qishlog‘ida tug‘ilgan. Maktabning ettinchi sinfini tugatgan. 1942-yil yanvarda Ilyin Qizil Armiyasiga xizmatga chaqirilgan va aprel oyidan boshlab – Ikkinchi jahon urushida qatnashgan. 1943-yil oktabrga qadar katta serjant Stepan Ilyin Markaziy frontning 65-armiyasi 69-o‘qchi diviziyasining 99-alohida muhandislik batalyonini boshqargan. Dneprdagi jangda jonbozlik ko‘rsatgan.
1943-yil 15-oktabrda Ilyin o‘zining bo‘linmasi bilan Belorussiya SSR Gomel viloyati, Loyevskiy tumani, Loyev qishlog‘i hududida Dneprni kechib o‘tib, uning g‘arbiy sohilidagi janglarda faol qatnashib, bir necha nemis qarshi hujumlarini qaytaradi, shuningdek, uchta o‘qchi vzvodlarni daryondan o‘tkazadi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 30-oktabrdagi farmoni bilan “Nemis bosqinchilariga qarshi kurashda jangovar topshiriqlarni na’munali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun” katta serjant Stepan Ilyin Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1993-yil 2-noyabrda vafot etgan, Toshkent harbiy qabristoni qahramonlar xiyoboniga dafn qilingan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"JASORATI UCHUN" MEDALI