MUYDIN YUNUSOVICH XASANOV
 serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi qahramoni (17.11.1943)

1917-yil 28-sentabrda Bobomirzo (hozirgi Farg‘ona viloyati, Quva tumani, Fedchenko qishlog‘i) qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbek. 10-sinf va xisobchilar kursini tugatgan. Umumta’lim maktabida xisobchi bo‘lib ishlagan.
1939-yildan beri Qizil Armiyada. Ikkinchi Jahon urushida 1941-yil iyul oyidan.
195-tog‘-minamyotchilar polkining batareya minamyotchisi serjant Xasanov 1943-yil 1-noyabrda Eltigen qishlog‘i yaqinidagi Kerch yarim oroliga o‘tadi. Tankka qarshi qurol yo‘ltiruvchisini almashtiradi. Dushmanning birinchi hujumidayoq 2 ta tankni yakson qiladi va piyoda askarlarini avtomatdan otib yo‘q qiladi. Dushmanning keyingi qarshi hujumida granata yordamida yana bir tankni safdan chiqaradi.
Jangning dastlabki besh kunida serjant Xasanov shaxsan o‘zi 2 ta o‘t ochish nuqtasini portlatadi va 3 ta tankni safdan chqarib, 80 dan ortiq nemis askarlarini yo‘q qiladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 17-noyabrdagi Farmoni bilan “Mardligi, jasorati va qahramonligi uchun” serjanti Xasanov Muidin Yunusovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvon bilan tardirlanadi.
Urushdan so‘ng, zahiraga bo‘shatiladi. Kolxozda ishlagan. 1947-yil 4-oktabrda Toshkentda vafot etgan. Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi Engels nomli kolxoz bog‘iga dafn etilgan.

 

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI