GUSEV VASILIY VASILIYEVICH
oddiy askar Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi Sovet Ittifoqi Qahramoni (19.19.1943)

1925-yil 1-martda Podgorenka qishlog‘ida tug‘ilgan (hozirgi Saratov viloyati Rtishchevskiy tumani). Yetti yillik maktabni tugatdi, Qozoq SSR Chimkent viloyati Taxta-Orol sovxozida traktor haydovchisi bo‘lib ishlagan.
1943-yilda Gusev Qizil Armiyada xizmatga chaqirilgan.
O‘sha yilning iyul oyidan – Ikkinchi Jahon urushida. Bryansk, Voronej va 1-Ukraina frontlaridagi janglarda qatnashgan.
Kursk jangida va Ukraina SSRni ozod qilishda qatnashgan. 1943-yil sentabrga qadar oddiy askari Vasiliy Gusev Voronej frontining 3-gvardiya tank armiyasi 9-mexanizatsiyalashgan korpusi 69-mexanizatsiyalashgan brigadasi 1-batalyonida pulemyotchisi bo‘lgan. Dneprdagi jangda jonbozlik ko‘rsatadi.
1943-yil 22-sentabr tongida Gusev ko‘ngillilar guruhi tarkibida Dneprni kechib o‘tib, g‘arbiy sohilda kichik bir platsdarmni egallab olishadi va uni avtomatchilar vzvodi kelguncha ushlab turadi. Chap qirg‘oqdagi artilleriya yordamida Zarubintsy, Lukovitsa va Grigorovka qishloqlarini ozod qilishadi.
Janglarda Gusev shaxsan o‘zi dushmanning 20 ga yaqin askari va ofitserini yo‘q qiladi. Gusev nemislarning qarshi hujumini qaytarishda faol ishtirok etib, dushmanning 25 nafar askari va ofitserini yo‘q qiladi va 214,9 balandlikni muvaffaqiyatli ushlab turishga yordam beradi. Jitomir ostonasidagi janglarda og‘ir yaralanadi va gospitalga yuborilgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 17-noyabrdagi “Dnepr daryosini jang bilan kechib o‘tishda, daryoning g‘arbiy sohilida platsdarmni egallab olishda va ushlab turishda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, oddiy askari Vasiliy Gusev Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1947-yilda Gusev sergant unvonida zahiraga bo‘shatiladi. Oʻzbekiston SSR Navoiy shahrida yashagan. Avtomobil texnikumini tamomlagandan so‘ng, ta’mirlash va qurilish ustaxonalarida avtomexanik bo‘lib ishlagan. 1989-yil 21-sentabrda vafot etgan.

 

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"1,2,3-DARAJALI SHON-SHARAF" ORDENI