GRISHKO KIRILL EMELYANOVICH 

gvardiya mayori, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (27.06.1945)

1909-yilda Vodyanoye qishlog‘ida (Zaporijya viloyati, Titov-Bilmak tumani) dehqon oilasida tug‘ilgan. U Toshkentda yashagan. 1929-yilda Grishko Qizil Armiya safiga xizmatga chaqirilgan. 1932-yilda Kachinskiy harbiy aviatsiya uchuvchilar bilim yurtini, 1943-yilda ofitserlar uchun malaka oshirish kurslarini tugatgan. 1943-yil iyundan – Ikkinchi jahon urushi jabhalarida. Kursk jangida qatnashgan. 1943-yil 27-iyulda jangovar vazifani bajarish vaqtida uning samolyoti  urib tushirildi, jiddiy jarohatlandi va asirga olindi, ammo tez orada qochib Sovet qo‘shinlariga yetib olishga muvaffaq bo‘ldi. Keyinchalik Grishko Ukraina frontining 1 va 2-jabhalarida bo‘lib o‘tgan janglarda qatnashgan.
1945-yil mayga qadar, mayor Kirill Grishko 1chi Ukraina fronti 2chi Armiya Havo kuchlari korpusi 1chi gvardiya hujumga qarshi havo korpusi 8chi gvardiya hujumiga qarshi havo polki 143-gvardiya hujumiga qarshi havo polkining komandiri lavozimiga tayinladi. Bu vaqtga kelib, u dushmanlarning harbiy texnikalari va dushmanning tirik kuchlariga hujum qilish uchun 83 ta jangovar parvozni amalga oshirdi, 17 tank, 106 zirhli transport vositalarini yo‘q qildi. 10 ta artilleriya batareyalari, 20 ta temir yo‘l vagonlarini, 4 ta samolyotni, 15 ta katta hujumlarni uyushtirdi, 260 dan ortiq dushman ofitserlari va askarlarini safdan chiqardi.
1945-yil 17-iyun Grishko Peterxain qishlog‘ida avtohalokatda vafot etdi. U Polshaning Boleslavets shahridagi harbiy qabristoniga dafn qilindi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 27-iyundagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, mayor Kirill Grishko Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘ldi (vafotidan so‘ng).

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"ALEKSANDR NEVSKIY" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"1941-1945 YILLARDAGI ULUG' VATAN URUSHIDA GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G'ALABA UCHUN" MEDALI

"PRAGANI OZOD QILGANLIGI UCHUN" ORDENI