GELFERG SEMYON GRIGORYEVICH

kichik serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (17.10.1943)

1924-yil Odessa shahrida ishchilar oilasida tug‘ilgan. Yahudiy. 7-sinfni tugatgach, avto-chilangar bo‘lib ishlagan. 1942-yilda Toshkent shahar harbiy komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirilgan. 1943-yildan janglarda qatnashgan.
1943-yil 22-sentabrga o‘tar kechasi motoo‘qchi batalyonining u boshchiligidagi guruhi birinchilardan bo‘lib Dnepr daryosini jang bilan kechib o‘tadi va o‘ng sohildagi dushman bilan jangga kirishadi. Guruh tomonidan Lukovitsa va Grigorovka (Cherkas viloyatining Kanayev tumani) qishloqlari uchun bo‘lgan janglarda 2 ta tank va mototsikl yakson etiladi. 29-sentabrda balandlik uchun bo‘lgan jangda, halok bo‘lgan vzvod komandirini o‘rnini egallab vzvodni jangga boshlaydi, shaxsan o‘zi bitta dushman tankini yo‘q qiladi. Shu jangda o‘zi ham halok bo‘lgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 17-oktabrdagi Farmoni bilan “Dnepri tez va mohirlik bilan kechib o‘tganligi, g‘arbiy qirg‘oqdagi platsdarmni mustahkam ushlab qolganligi hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun” , kichik serjant Gelferg Semyon Grigoryevich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan (vafotidan so‘ng). 

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI