FELZENSHTEYN MILYA LAZEREVICH 

kichik leytenant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (17.11.1943)

1924-yilda Xarkovda ishchilar oilasida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatgan. Urushning boshida Samarqandga evakuatsiya qilinib, 1942-yilda Qizil Armiya safiga chaqirilgan. Toshkent pulemyotchilar maktabini tamomlagan.
1943-yilninig bahorida, kichik leytenant unvoni bilan frontga yuborilgan va Kuban shahrida tuzilgan 318-piyodalar diviziyasi 1339-piyodalar polkiga pulemyot vzvodi komandiri etib tayinlangan. 1943-yil yozda Krasnodarni ozod qilish uchun bo‘lgan janglarda ilk bor jangda qatnashadi. 1943-yilning kuzida Kerchning janubida Eltigen qishlog‘i yaqinida Qrim yarim orolidagi platsdarmni egallash operatsiyasida jonbozlik ko‘rsatadi.
1-noyabrga o‘tar kechasi bo‘linmalari, eni 35 kilometr bo‘lgan Kerch bo‘g‘ozini kechib o‘tishi kerak edi. Tunda va kuchli bo‘ron sharoitida, dushman artilleriyasi va minomyotlari olovi ostida, Felsenshteynning vzvodi joylashgan kema sohilga suzib o‘ta olmaydi. Komandir boshchiligida jangchilar suvga sakrashadi. Ular qirg‘oqqa suzib borib, dushman okoplariga granatalar otib, yorib kiradi va fashistlarni chekinishga majbur qiliadi. Dushmanning 12 ta qarshi hujumlarni qaytargan Felzenshteynning pulemyotchilar vzvodi, batalyonning boshqa bo‘linmalari bilan birga, tunda, egallangan platsdarmga mustahkam joylashib oladi. Jangda, vzvod komandiri jasorat va qat’iyat bilan harakat qiladi, shaxsan o‘zi namuna ko‘rsatib jangchilarni ilhomlantiradi. U 50 dan ortiq fashistlarni yo‘q qiladi. Jiddiy jarohat olganligi sabab gospitalga yuboriladi.
Ikki oy dala gospitalida davolanib, so‘ngra Sochiga o‘tkaziladi va u erda bir qator murakkab operatsiyalarni o‘tkazadi. Bir oy ta’til olib, Samarqanddagi qarindoshlari oldiga boradi va ta’tildan so‘ng o‘z bo‘linmasiga qaytadi. Rota komandiri etib tayinlanadi.
1944-yilning bahorida Qrimni ozod qilish janglari boshlanadi. Sevastopol yaqinidagi jangda chap oyog‘idan yaralanadi va Kislovodskdagi shifoxonalardan biriga olib boriladi. Deyarli bir yil davomida shifokorlar ofitserning hayoti va oyoqlarini saqlab qolish uchun kurashadilar. 1945-yil mart oyida Samarqanddagi kasalxonaning harbiy-tibbiy komissiyasi Felsenshteynni nogironlik bo‘yicha zahiraga bo‘shatadi.
1974-yil dekabr oyida Felsenshteyn va uning oilasi Isroilga ko‘chib ketadi. Lod shahrida yashagan, fabrikada ishlagan. 2006-yil 14-oktabrida vafot etgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 17-noyabrdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI

"1941-1945 YILLARDAGI ULUG' VATAN URUSHIDA GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G'ALABA UCHUN" MEDALI

"1941-1945 YILLARDAGI ULUG' VATAN URUSHINING G‘ALABASINING 20 YILLIGI" MEDALI